Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov dzyudo maktabiga tashrif buyurdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev Suvnonobod mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanida ta'lim muassasalarining tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasidagi xavfli holat o‘rganildi
янв.21
"Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
👨‍👩‍👧‍👦 “OILALAR MUSTAHKAMLIGINI KAFOLATLAYLIK!” AKSIYASI DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Kosonsoy tumani “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 3-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida “Oilalar mustahkamligini kafolatlaylik!” aksiyasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda mahalla faollari, xotin-qizlar, tibbiyot xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, oila institutini mustahkamlash, sog‘lom va barqaror oilaviy muhitni shakllantirish, farzandlar tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Shahribonu Ramazonova so‘zga chiqib, oilaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Deputat o‘z ma’ruzasida bugungi kunda oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash, ajrimlarning oldini olish hamda farzandlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi. Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham barqaror va taraqqiy etgan bo‘lishi qayd etildi.

Tadbir jarayonida mutaxassislar tomonidan reproduktiv salomatlik, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish, oilada sog‘lom psixologik muhitni yaratish va xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan tavsiya hamda tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar hamda deputat tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

Tadbir yakunida aholining huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish, oilalar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Mustahkam oila — farovon jamiyat poydevori. Shu bois oilaviy qadriyatlarni asrash va sog‘lom avlod tarbiyasiga qaratilgan bunday tadbirlar aholi o‘rtasida keng ko‘lamda davom ettirilmoqda.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 2