Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan dastlabki tartibda o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova Suvonobod mahallasi hokim yordamchisi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Qaror ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanidagi biolaboratoriyalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan “15-Bo‘stonobod” saylov okrugi deputati Umida Fayziyeva ishtirokida hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot va tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — hududda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.

❗️ Mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi, profilaktika inspektori hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida muntazam uchrashuv va ochiq muloqotlar tashkil etilib, aholining murojaatlari va muammolari o‘rganildi. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🏢 Shuningdek, hududdagi ko‘p qavatli uylar va xonadonlarda issiq va sovuq suv ta’minoti, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan bog‘liq muammolar ham muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv yakunida yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular orasida qonunlarga hurmat ruhini kuchaytirish hamda sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6