TURON MFY FUQAROLARI UCHUN SAMARQAND SHAHRIGA MA’NAVIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov tashabbusi bilan Navoiy shahar Turon mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ nuroniylar hamda kam ta’minlangan oilalar uchun Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Mazkur tashabbus doirasida fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishi, tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishishi hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar qadimiy va boy tarixga ega Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, me’moriy yodgorliklari hamda tarixiy obidalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.Ta’kidlanganidek, bunday ezgu tashabbuslar nuroniylar va ehtiyojmand oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.