Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi
янв.21
Paxtakor tumanida yangi imkoniyatlar!
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 5-Quruvchi saylov okrugi deputati A.Isaqulov tomonidan Samarqand mahallasida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabining sport zallari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov tegishli tashkilot rahbarlari bilan tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat tomonidan yoshlar urug‘chilik klasteri faoliyati bilan tanishtirildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati tashabbusi bilan amalga oshirilgan amaliy yordam
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Do'squlova Dilbar tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do'squlova tuman hududidan o‘tuvchi D-047 “Jizzax–Gagarin” avtomobil yo‘nalishidagi ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lgani yuzasidan holat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasida deputatlik so‘rovlariga mas’uliyatsiz yondashuv holatlari tanqidiy muhokama qilindi.
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA “AGROLOGISTIKA MARKAZI” QURILISHI OʻRGANILDI

 MUSTAQILLIK MAHALLASIDA “AGROLOGISTIKA MARKAZI” QURILISHI OʻRGANILDI 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal
kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy
chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-132-son Qaroriga muvofiq,
Quva tumani Mustaqillik mahalla fuqarolar yigʻini hududida yirik investitsiya
loyihasini amalga oshirish belgilangan. Xususan, 15 gektar yer maydonida
“ENERGY-LAND” qoʻshma korxona shaklidagi MCHJ tomonidan umumiy qiymati 50
million AQSH dollariga teng boʻlgan “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish
va taqsimlash” agrologistika markazini barpo etish rejalashtirilgan. 

Mazkur qaror ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputatlari M.Sayfidinov, B.Abduraximov, Sh.Joʻrayev hamda B.Sharipovlar
tomonidan kotibiyat mudiri R.Nodirov rahbarligida atroflicha oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida loyihaning amalga oshirish bosqichlari, qurilish
ishlarining borishi, sifati va belgilangan muddatlarga muvofiqligi, shuningdek,
obyektni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash ishlarining holati
tanqidiy-tahliliy asosda koʻrib chiqildi. 

Shu bilan birga, ushbu loyihaning tuman iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, qishloq
xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va bozorlarga yetkazib berish
tizimini takomillashtirishdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi. Agrologistika
markazi orqali mahsulotlarning sifatini saqlash, ularni eksportbop holatda
tayyorlash va tashqi bozorlarga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish koʻzda
tutilgani qayd etildi. 

Loyiha toʻliq ishga tushirilishi natijasida hududda zamonaviy logistika infratuzilmasi
shakllanishi, yuzlab yangi ish oʻrinlari yaratilishi, aholi daromadlarining
oshishi hamda tumanning investitsiyaviy jozibadorligi sezilarli darajada
yuksalishi kutilmoqda. Shuningdek, loyihaning samarali amalga
oshirilishi yuzasidan tegishli masʼullarga aniq taklif va tavsiyalar berildi
hamda ijro jarayoni deputatlik nazoratiga olindi.  

Slide 1 of 9