Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi
янв.21
Paxtakor tumanida yangi imkoniyatlar!
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 5-Quruvchi saylov okrugi deputati A.Isaqulov tomonidan Samarqand mahallasida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabining sport zallari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov tegishli tashkilot rahbarlari bilan tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat tomonidan yoshlar urug‘chilik klasteri faoliyati bilan tanishtirildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati tashabbusi bilan amalga oshirilgan amaliy yordam
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Do'squlova Dilbar tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do'squlova tuman hududidan o‘tuvchi D-047 “Jizzax–Gagarin” avtomobil yo‘nalishidagi ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lgani yuzasidan holat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasida deputatlik so‘rovlariga mas’uliyatsiz yondashuv holatlari tanqidiy muhokama qilindi.
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar faollarining xizmat planshetlari uchun abonent to‘lovi masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xotin-qizlar faollariga biriktirilgan xizmat planshetlari uchun 2026-yil yillik abonent to‘lovini moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mazkur maqsadlar uchun 21 million 420 ming so‘m mablag‘ ajratish taklifi ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, xizmat planshetlari xotin-qizlar bilan ishlash, murojaatlarni o‘z vaqtida qabul qilish, “Ayollar daftari” va boshqa elektron platformalar bilan ishlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Muhokamalar yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda belgilangan tartibda keyingi bosqichga kiritilishi ma’qullandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3