🟢 Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashi 24-okrug deputati Nizomiddin Muhitddinov tomonidan hududda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi holati o‘rganildi.
♻️Ushbu masalada aholining eʼtirozlarini bilish maqsadida xonadonlarga borib, fuqarolar bilan suhbatlashdi. Bildirilgan fikrlar va muammolar mutasaddilarga yetkazildi.
♻️Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolarga maishiy va keraksiz chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, atrof-muhitni ifloslantirmaslik hamda ko‘chalarni toza saqlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🌱 O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakili sifatida deputat ekologik muammolarning oldini olish, aholi orasida tabiatga ehtiyotkor munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi