“Haftalik ish reja doirasida deputatlar mahallada”
“Haftalik ish reja doirasida deputatlar mahallada”
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari tomonidan "Qo‘shtut" MFY hududida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Qabul jarayonida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal, sport maydonchasi, infratuzilma hamda kundalik turmush bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi. Uchrashuvda kotibiyat bosh mutaxasissi U.Shopotixov, Olmazor tumani Madad NNT ma'sul vakili, mahalla raisi va partiya vakillari ishtirok etdi.
Murojaatlar yuzasidan deputatlar tomonidan har bir masala joyiga chiqib o‘rganilib, tegishli korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi. Xususan, fuqarolardan biri tomonidan ko‘tarilgan muammo deputatlar nazoratiga olinib, qisqa muddatda ijobiy hal etildi hamda mavjud kamchilik bartaraf qilindi.
Shuningdek, qabul davomida aholining turmush sharoitini yaxshilash, mahalladagi muammolarni tizimli hal etish hamda fuqarolarning huquq tizimidagi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Bunday sayyor qabullar aholining dardini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda xalq bilan ochiq va samarali muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.