Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Do'squlova Dilbar tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do'squlova tuman hududidan o‘tuvchi D-047 “Jizzax–Gagarin” avtomobil yo‘nalishidagi ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lgani yuzasidan holat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasida deputatlik so‘rovlariga mas’uliyatsiz yondashuv holatlari tanqidiy muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
DEPUTAT SO‘ROVI NATIJASI: “GULBAHOR” MAHALLLASIDA SUV TA’MINOTI TIKLANDI

DEPUTAT SO‘ROVI NATIJASI: “GULBAHOR” MAHALLLASIDA SUV TA’MINOTI TIKLANDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylardagi infratuzilma muammolarini bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 24-aprel kuni “Gulbahor” mahallasi, Shodiyona ko‘chasida yashovchi aholining ichimlik suvi quvurlari yaroqsiz holga kelganligi va suv bosimi pasayib ketganligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Amalga oshirilgan ishlar:

Nosozliklarni bartaraf etish: Murojaat asosida tuman “Suv ta’minoti” bo‘limi mutaxassislari va maxsus texnikalar jalb qilindi.

Texnik ko‘rik: Shodiyona ko‘chasidagi suv qudug‘ida “atkachka” (tozalash) ishlari bajarilib, quvurlardagi tiqilmalar to‘liq bartaraf etildi.

Natija: Hozirda hudud aholisiga tasdiqlangan reja-grafik asosida barqaror ichimlik suvi yetkazib berilishi ta’minlandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati aholi murojaatlari va deputatlik so‘rovlari ijrosini doimiy nazoratga olishda davom etadi.

Slide 1 of 3