Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
Viloyat Kengashi deputati kuni doirasida “Tinchlik” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Viloyat Kengashi deputati kuni doirasida “Tinchlik” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Radjabova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamkorlikda Viloyat Kengashi deputati kuni doirasida “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy muammolarni hal etish hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla raisi bilan birgalikda ko‘chama-ko‘cha yurilib, hududdagi mavjud muammolar, infratuzilma holati, obodonlashtirish va ijtimoiy masalalar o‘rganildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#D_Radjabova #J_Donayev

Slide 1 of 3