Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
DEPUTAT VA MAHALLA “YETTILIGI” UCHRASHUVI: MUAMMO VA YECHIMLAR

Deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning ijrosini ta’minlash bo‘yicha Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyazov “Islomobod” mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi” bilan ishchi uchrashuvini o‘tkazdi. 

O‘rganishlar davomida quyidagilar ma’lum bo‘ldi: 

Bandlik va ijtimoiy himoya: Mahalla yoshlar yetakchisi B.Yuldashev va hokim yordamchisi R.Yakubov tomonidan aholini daromadli mehnatga jalb qilish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Ijtimoiy xodim Y.Matyakubova tomonidan ehtiyojmand qatlamga manzilli yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Xavfsizlik: Profilaktika inspektori sa’y-harakati bilan mahalla “yashil” hudud darajasini saqlab kelmoqda.

Kommunal xizmatlar: Mahalla to‘liq tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Aholi soliqlari hisobidan 75 ta tungi yoritish moslamalari o‘rnatilgan. 

Deputat tashabbusi: Uchrashuv yakunida deputat B.Djumaniyazov tomonidan mahalla hududida maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va zamonaviy sport kompleksini qurish uchun yer maydoni ajratish bo‘yicha shahar Kengashiga taklif kiritish masalasi kelishib olindi. 

Slide 1 of 9