Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Shovot kanalining o‘ng va chap sohillarida obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, manzarali daraxt va turli xil gul ko‘chatlarini xarid qilish uchun Shovot tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 106,0 (bir yuz olti million) so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi yuzasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 24-fevraldagi VII-21-22-12-177-K/26-sonli qarori ijrosi o‘rganildi.

📍 Mazkur qaror ijrosini o‘rganish Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshirildi.

🔍 O‘rganish jarayonida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda ko‘kalamzorlashtirish holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

📊 O‘rganish yakunlariga ko‘ra tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga taqdim etilishi belgilandi.

Slide 1 of 6