Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-330-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarorlariga asosan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining tegishli qarori (https://t.me/bust_kengash/7035) bilan tumanning ichki yo‘llarini ta’mirlash uchun mablag‘lar ajratilgan.

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari Y.Narbekov va A.Mannobov hamda deputat M.Ashurov tomonlaridan tumanning “S.Raximov” mahallasining Hamid Olimjon va “Markaziy” mahallasining Matbuotchilar ko‘chasi, “Navro‘z” mahallasining 8-mart ko‘chalarida amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida mahallalarda olib borilayotgan yo‘l ta’miri ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun qulayliklar yaratish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, pudratchi tashkilot va mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish materiallarining sifati, texnika va ishchi kuchidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔷O‘rganish jarayonida aholi fikrlari ham o‘rganilib, fuqarolar tomonidan yo‘llarning tezroq va sifatli ta’mirlanishi bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Deputatlar ushbu murojaatlarni inobatga olish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish choralari ko‘rilishini ta’kidladilar.

🔷Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratiga olingan bo‘lib, ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanishi yuzasidan doimiy monitoring olib borilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 7