Tuman deputati A.Bo‘tayev Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Sirdaryo viloyati Boyovut tumani bo‘limiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida bo‘lim rahbari O.Norbutayeva bilan birgalikda tashkilot faoliyati, amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda ularning samaradorligi atroflicha o‘rganildi.
Muloqot jarayonida aholining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, yoshlar tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahamiyatini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan taklif va mulohazalar almashildi.