Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan e’tirof etildi: 13-sonli maktab jamoasi faxrli 2-o‘rin sohibi
янв.21
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining haftalik ish rejasi 4-may - 8-may
янв.21
“Toshkent” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Paxtakor tumanida sport maktabi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi murojaatlari va tomorqalar holati o‘rganildi
Huquqiy ma'lumot

📌 Hududlarni rivojlantirish – yangi bosqich

⏺️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarorining eng muhim jihatlari:

💬2026-yil yakuniga qadar mamlakatda kambag'allik darajasini 2,8 foizga, ishsizlikni esa 4,5 foizgacha tushirish belgilandi.

💬1 million aholini doimiy ish bilan taminlash va 4 million fuqaroning daromadlarini izchil oshirish.

💬Mahallalarning ixtisoslashuvi (“drayver” sohalari) asosida biznes infratuzilmasini yaxshilash va loyihaviy boshqaruvni joriy etish.

💬Usta-dehqonlarga xonadonlarni ixtisoslashtirgani uchun 2 mln so'mdan 75 mln so'mgacha subsidiyalar ajratiladi.

💬Eski bog'larni yangilash, tomchilatib sug'orish va quduq qazish xarajatlarining 70 foizgacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

💬“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga uylarini isitish va energiya tejovchi derazalar o'rnatishda alohida yordam ko'rsatiladi.

💬Chorvachilik va turizm mahallalarida 150 mln so'mgacha garovsiz kreditlar berish tizimi yo'lga qo'yiladi.

💬Hududiy Kengashlarga “og'ir” mahallalar ro'yxatini tasdiqlash va mablag'larning manzilli ishlatilishini nazorat qilish hamda tuman Kengashlariga mahallalar kesimidagi oyma-oy maqsadli koʻrsatkichlarni muhokama qilish vakolati berildi.

💬Norasmiy bandlikni legallashtirgan ish beruvchilar ma'muriy javobgarlikdan ozod etiladi va ularning reytingi oshiriladi.

🫥Bu qaror — har bir mahallada farovonlikni taminlash va inson qadrini yuksaltirish yo'lidagi navbatdagi muhim qadamdir!

Slide 1 of 1