Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), YERTO‘LALARI, ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI VA YORITILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan muntazam ravishda yuzma-yuz muloqotlar olib borib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish hamda
ularni hal etishda faol tashabbus ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o‘zi saylangan hududdagi “Istiqbol” mahallasidagi ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida, ayniqsa, ko‘p qavatli uylarning texnik holati, ularni boshqarish bilan bog‘liq masalalar, kommunal xizmatlar sifati, tozalik va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi yuzasidan aholining fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etishda boshqaruv kompaniyalari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rovlar kiritish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mazkur hamkorlik fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 4