Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan e’tirof etildi: 13-sonli maktab jamoasi faxrli 2-o‘rin sohibi
Nega chiqindilar o‘z vaqtida olinmaydi?

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi kotibiyat mudiri X.Ibragimova va O'zMTPdan saylangan deputat K.Muxitdinova bilan “O‘zbekiston” mahallasi “Zarafshon” ko‘chasi 6-ko‘pqavatli uy yonida joylashgan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rgandi. O‘rganish natijasida “Metall mexanik master” MChJ tomonidan chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketmayotganligi, shu bilan birga mahalla hududidagi Saylgoh hiyobonida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan xasharda olib chiqilgan shoh-shabalar ham olib ketilmaganligi aniqlandi. Havo harorati ko‘tarilishi bilan mazkur huddda yashayotgan aholi tomonidan chiqindi yig‘ish shaxobchasida antisanitar holatlar yuzasidan haqli e’tirozlar kelib tushmoqda. Mazkur holatni bartaraf etish yuzasidan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Bekobod ideal kommunal servis” boshqaruv servis kompaniyasi hamda “Metal mexanik master” MChJ tashkilot rahbariyatiga deputatlik so‘rovi chiqarishga kelishildi.  

Slide 1 of 3