#OAVda_biz 📰
🔹 2026 yil 1 may kuni chop etilgan Adolat SDPning «Adolat gazetasi»
gazetasi 17-sonida Farg‘ona tumanidagi deputatlik guruhi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolar yoritildi. «Deputatlik so‘rovlari: javob bor,
javob bor, ijro-chi?» nomli maqolada mas’ul tashkilotlar tomonidan berilgan rasmiy
javoblar amalda to‘liq bajarilmayotgani, muammolar yechimida ijro intizomi yetarli
darajada ta’minlanmayotgani tanqidiy ruhda tahlil qilingan.
🔹 Maqolada asosiy e’tibor muammoga javob berishning o‘zi
yetarli emasligi, eng muhimi — qabul qilingan qaror va topshiriqlarning amalda ijrosini
ta’minlash zarurligiga qaratilgan. Bu esa aholi murojaatlariga mas’uliyatli yondashish,
deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda amaliy natijadorlikni ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
🔹 Biz bilan qoling — dolzarb mavzular,
aniq yondashuv va amaliy natijalar doimo e’tiboringizda.