Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan Mahallalar uyushmasi faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid ham ishtirok etib, tizimdagi ishlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratdi. O'zbekiston mahallalari uyushmasi Angor tumani bo'limi boshlig'i Jasur O‘rozov tomonidan quyidagi yo‘nalishlar kesimida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 1.Mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligi va daromad manbalari.

2. “Temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” asosida olib borilayotgan ishlar.

3. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati.

4.Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar.

5. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar togrisida

6.Hududlarda jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar 

7. Mahallalarda obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar olib borilgan ishlar yuzasidan batafsil ma'lumot berdi.

O‘rganish davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan berilgan ma’lumotlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda sohaga oid ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan doimiy komissiya a'zolari tegishli tavsiyalar berdi.

Yakunda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1