Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Chinoz tumani.Mahallada hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari holati o'rganildi

Mahallada hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Farxod Ibragimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Elyorjon Saidov ish rejasiga muvofiq ravishda tumandagi "Ko‘tarma" MFYda o‘rganish ishlarini olib bordilar.

📊 O‘rganish davomida "Ko'tarma" MFY hokim yordamchisi Akrom Maksimov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar holati tahlil qilindi.

📌 Natijalarga ko‘ra:

👨‍👩‍👧‍👦 34 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oila mavjudligi aniqlandi;

💳 6 ta oilaga imtiyozli kredit ajratilgan;

🎓 2 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilgan;

🧵 2 ta oilaga ssuda asosida tikuv mashinalari berilgan;

📉 1-chorak davomida 13 ta oila kambag‘allikdan chiqarilgan;

⚠️ O‘rganish jarayonida ayrim muammolar ham aniqlandi:

📄 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda qiyinchiliklar mavjud;

🚛 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalasida kamchiliklar bor.

📝 Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

✅ Mazkur ishlar aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3