Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari A.Tadjibayev, A.Xudayqulov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Toirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ashirmatov hamda “Madad” NNT Qibray tuman vakili S.Eshbakovlar tomonidan “Shalola” mahallasida “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida “Mahalla yettiligi” a’zolarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi. Jumladan, amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirilib, ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul shaxslarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.