Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Sog'lom hayot uchun 10 ming qadam

 Sog'lom hayot uchun 10 ming qadam  

“Sog‘lom hayot uchun 10 ming qadam” tashabbusi doirasida 2026-yil 22-aprel
kuni Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashiga O‘zbekiston Ekologik
partiyasidan saylangan deputat Matyaqubova Rayhon Bekturdievna tashabbusi bilan
1-son texnikumida muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega aksiya tashkil etildi.
 

Mazkur tadbir aholining, ayniqsa yoshlarning sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish, ekologik ong va mas’uliyatni yuksaltirish, shuningdek,
jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga qaratildi. Aksiyada
partiyaning tuman Kengashi vakillari, ta’lim muassasasi o‘qituvchilari hamda
o‘quvchi-yoshlari faol ishtirok etib, sog‘lom hayot tarzi va atrof-muhitni
asrash masalalarida o‘z qarashlarini bildirdilar.
 

Tadbir davomida sog‘lom jamiyatni barpo etish — kuchli davlat poydevori
ekani alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, bunday tashabbuslar aholining
ijtimoiy faolligini oshirish, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik va siyosiy
jarayonlarda ongli ishtirok etish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilishi
qayd etildi.
  

Slide 1 of 1