Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari G.Islamova va K.Xakimovalar tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Ahillik mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur masala yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar navbatdagi sessiyada muhokama qilinishi belgilandi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 4