Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI

 AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Abduraximov hamda Kengash kotibiyati
bosh mutaxassisi M.Toʻxtasinov tumandagi 2-son Oilaviy poliklinika faoliyatni
oʻrgandilar. 

Bunda asosiy eʼtibor poliklinikada aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati,
dori-darmon taʼminotining uzluksizligi, bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar
hamda tibbiyot xodimlarining masʼuliyatli faoliyatiga qaratildi. 

Aytish joizki, mazkur poliklinika bugungi kunda 53 nafar malakali tibbiyot xodimlari tomonidan hududdagi 16802 nafar
aholiga tibbiy xizmat koʻrsatmoqda. 

Oʻrganish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yildan “Birlamchi
tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
byudjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini
tasdiqlash toʻgʻrisida” 382-son Qaroriga muvofiq ijtimoiy sugʻurta fondi
hisobidan dori-darmon vositalari uchun ajratilgani 128 million soʻm miqdoridagi
pul mablagʻi hamda ushbu mablagʻlarni maqsadli va samarali sarflanish holati
ham tahlil qilindi. 

Shuningdek, poliklinikaga murojaat bilan kelgan fuqarolar bilan suhbatlar qurildi va
ularning fikrlari ham oʻrganildi. 

Oʻrganish jarayonida deputatlar tomonidan aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat
koʻrsatishni yanada takomillashtirish, ajratilgan mablagʻlardan oqilona va
samarali foydalanishni taʼminlash, shuningdek, dori-darmon taʼminotida
uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda aholi murojaatlariga oʻz vaqtida yechim topish
yuzasidan poliklinika rahbariyatiga tegishli tavsiya va takliflar berildi. 

Poliklinika faoliyatiga taʼsir koʻrsatayotgan elektr
muammolari boʻyicha tegishli masʼullarga deputat soʻrovi yuborildi.  

Slide 1 of 7