Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Tоshrabot MFYda jinoyatchilikni oldini olish ishlari tahlil qilindi.

Toshrabot mahalla fuqarolar yig’ini hududida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning sabab hamda omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 11-Toshrabot saylov okrugi deputati M.Umurova, Toshrabot MFY raisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida keng muhokama qilinib, atroflicha tahlil qilindi.

Tadbir davomida mahalla profilaktika inspektori tomonidan hududdagi kriminogen vaziyat yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Unda o’tgan davr mobaynida sodir etilgan huquqbuzarliklar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari, jinoyatchilikka moyil shaxslar bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi profilaktik ishlar, shuningdek, nazorat ro’yxatlarida turuvchi fuqarolar bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to’liq ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga jalb qilish, xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida ta’kidlandi. Mahalladagi oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar holidan xabar olish va ularni qo’llab-quvvatlash orqali jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan choralar haqida ham so’z yuritildi.

Deputat tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarda profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, aholi bilan doimiy muloqotni yo’lga qo’yish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida tushuntirish ishlarini tizimli ravishda olib borish muhimligi qayd etildi. Shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash orqali samaradorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Mahallada profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish, tungi nazorat ishlarini samarali tashkil etish, aholi orasida huquqiy targ’ibot ishlarini kengaytirish bo’yicha vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash borasidagi ishlar deputat nazoratida davom ettirilishi qayd etildi. 

Slide 1 of 1