Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Tuproqqal’a tumanida muammolar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi, deputat X. Sultonov tomonidan Muxabbat mahallasida sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Unda “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etib, hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi.

Uchrashuv jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan joyida bog‘lanilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, zarur hollarda deputat so‘rovlari kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, “mahalla yettiligi” xodimlariga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni atroflicha o‘rganish, ularni tizimli ravishda tahlil qilish hamda qonunchilik doirasida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududlarda muammolarni tezkor aniqlash va ularni samarali hal etish orqali aholining turmush darajasini oshirishdan iborat.

 

Slide 1 of 2