Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Aholi muammolari xonadonbay o‘rganilib, pilla mavsumiga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda

Aholi muammolari xonadonbay o‘rganilib, pilla mavsumiga tayyorgarlik kuchaytirilmoqdaXalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Karimova tegishli mas’ullar bilan birgalikda hududlarda bo‘lib, aholi muammolarini xonadonbay yurib o‘rganmoqda. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid masalalar atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan aniq choralar belgilab olinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi “Ipakchilik sohasini yangi tizim asosida rivojlantirish hamda ozuqa bazasini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan hududlarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, ipak qurti urug‘larini yetishtirish, parvarishlash va hosildorlikni oshirish jarayonlari yuzasidan mutaxassislar tomonidan aholiga tavsiyalar berilmoqda.

Shu bilan birga, hududda pilla mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari ham alohida e’tiborga olinmoqda. Deputat shakllantirilgan zvenolar bilan uchrashib, ularning faoliyati, mavjud sharoitlar hamda duch kelinayotgan muammolar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar yakunida sohada samaradorlikni oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ma'lumot uchun Joriy yilda tumanda 6380 quti ipak qurti boqilishi va 383 tonna pilla olish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 5