Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining 23-Tallashqon saylov okrugi deputati Xolmurodov Xayrulla hamda Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Choriyeva Mahliyo tomonlaridan 2-sonli oilaviy poliklinikada navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida poliklinikaning ro‘yxatga olish xonalari, bemorlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, monitoring ekranlari ishlash holati o‘rganildi. Tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgan hamshiralar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning kasbiy amaliy ko‘nikmalari hamda bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.Shu bilan birga, bemorlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, yaratilgan sharoitlar hamda muammolar yuzasidan murojaat va takliflari tinglandi. Mazkur nazorat-tahlil tadbiri davomida aniqlangan masalalar yuzasidan deputat tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 1