Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Gʻ.Madumarov tomonidan Xo‘japorso MFY hududida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlik faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida yakka tartibdagi tadbirkor Madoliyeva Hayotxon Sattoralievna tomonidan 110 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha loyiha ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha hududda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, deputat hududdagi boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati bilan ham tanishib, ularning ish jarayonlari, mavjud muammolari va istiqboldagi rejalari yuzasidan fikr almashdi.

O‘rganish davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan tavsiyalarga alohida e’tibor qaratildi. 

Jumladan:

— aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati;

— hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi, ayniqsa aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi amaliy chora-tadbirlar.

Deputat tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga taklif va tavsiyalar berildi. Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash hamda yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari doimiy deputat nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududlardagi muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3