Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Kotib

🏛 Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Ruslan Yerniyazov 2026-yilning birinchi choragi davomida hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarni aytib, fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilgan ishlarni muhokama qildi.

📝Xususan, hududda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish, ta’lim maskanlarining faoliyati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida qilinayotgan natijali ishlarni aytib o‘tdi. 

📁 Bo‘lib o‘tgan o‘zaro ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, bolalar maydonchalarini ta’mirlash, mahalla hududini obodonlashtirish va infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan taklif va murojaatlari tinglandi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot vakillari bilan joyida muhokamalar o‘tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

🔺 Shuningdek, deputat tomonidan hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganilishi va fuqarolar bilan doimiy uchrashuvlarni belgilangan tartibda o‘tkazilishini tashkil etishi ustuvor vazifa sifatida belgilab olganligi qayd etildi.

Slide 1 of 4