Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi

📃 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi

 Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.

📌 Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 14-Mutafakkir saylov okrugi deputati Xasanova Bibisaraga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

- O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida” 2020-yil 15-oktyabrdagi 641-son Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida” 2019-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-574-son Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida to‘g‘risida” 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida” 2021-yil 20-yanvardagi O‘RQ-668-son Qonuni.

📄 Mazkur eng muhim qonunlarning mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanishidan asosiy maqsad — Kengash faoliyati samaradorligini yanada mustahkamlash, qonunchilik normalarini mukammal o‘rganish hamda ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashni taʼminlashdan iborat.

📊 Shuningdek, ushbu deputatga Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li mas’ul etib biriktirildi. 

📍Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning huquqiy bilimlarini oshirish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.