Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Mahallada bandlik, tadbirkorlik va obodlik: amaliy natijalar ko‘zdan kechirildi

⏺Tadbirkorlik va bandlik — ijobiy natijalar

💬Mas’ullar mahallada yangi faoliyat boshlagan “Bekajon” YaTT gilam yuvish korxonasi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

💬Korxona tashabbuskori N.G‘afforov ilgari xorijda mehnat migratsiyasida bo‘lib, yurtga qaytgach yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda u nafaqat o‘z oilasi, balki mahalladoshlarini ham daromad bilan ta’minlamoqda.

✔️ Eng muhim jihati — korxonada 5 nafar kam ta’minlangan oila vakillari ish bilan ta’minlangan. Bu esa “Kambag‘allikdan farovonlik sari” tamoyilining amaliy ifodasidir. 

💬“Migratsiyadan qaytgan fuqarolarimizning bunday tashabbuslari tahsinga loyiq. Aynan shu kabi kichik bizneslar kambag‘allikni qisqartirishda asosiy tayanchimizdir,” — dedi viloyat Kengashi raisi.

📌 Mazkur ijobiy holatlar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi Qonuni bilan chambarchas bog‘liqdir.

⏺Hudud obodligi va yashash sharoitlari o‘rganildi

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning holati va hudud obodonligi ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.

💬“Har bir yo‘lak ozoda, har bir ko‘cha yorug‘ bo‘lishi shart. Aholi o‘zini qulay va xavfsiz his qilishi — bizning asosiy maqsadimiz,” — deya ta’kidladi A.Choriyev.

🔅Yakunida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🫥Mahallada kichik bizneslarning rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va hududlarning obodonlashuvi — aholi farovonligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5