📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 15-Asalobod saylov okrugi deputati N.Abduraxmonov tomonidan Asalobod va Xosiyatli mahallalarida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi hamda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishildi.
✅ Uchrashuv jarayonida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Bildirilgan muammolar har tomonlama o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan birgalikda aniq choralar belgilab olinadi.
🤝 Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini bevosita joyida o‘rganish, tezkor yechim topish hamda fuqarolar bilan samarali aloqani mustahkamlashga xizmat qiladi.