Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 18-“Navruz” saylov okrugi deputati R.Talipdjanov tomonidan “Toshkentlik go‘zari” mahalla aholisi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv Toshkentlik go‘zari mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilib, unda O‘zLiDeP Qo‘qon shahar Kengashi apparat rahbari T. Muminov, mahalla aholisi, profilaktika inspektori va yoshlar faol ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqaro O.Qodirovaning (2-guruh nogironi) murojaati tinglanib, uni joyida hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga yo‘naltirish va qat’iy nazoratga olish belgilandi