Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yoshlar tomorqalarida suv ta’minoti muammosi bartaraf etildi
янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
Ma’rifat – jaholatga qarshi eng kuchli qalqon

“Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi – yuksak jamiyat poydevori” tamoyili asosida Zarbdor tumanidagi Oybek mahallasi aholisi ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashining 8-Oybek saylov okrugi deputati D.Ochilova, tuman hokimi o‘rinbosari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i hamda tuman IIB xodimi ishtirok etdi.

Uchrashuvda deputat tomonidan qonunchilikda qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirilib, fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir davomida voyaga yetmaganlar hamda yoshlarning radikallashuvi, ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Aholi orasida shukronalik hissini oshirish va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir yakunida mutasaddi rahbarlar va IIB xodimlari fuqarolarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishdi.

Slide 1 of 4