Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
“Xalq bilan birga” dasturi doirasida samarali muloqot tashkil etildi

O‘zLiDeP tomonidan amalga oshirilayotgan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida viloyat Kengashi deputati Erkin Xolmatov tomonidan Zarbdor tumanidagi okruglari bo'lgan Oqar, Navbahor, Toshkesgan hamda Yoshlik mahallalari aholisi bilan sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida dastlab deputat Erkin Xolmatov tomonidan yig‘ilgan fuqarolarga so‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida inson qadrini ulug‘lash tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirish berildi.

Shundan so‘ng fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, tabiiy gaz ta’minoti, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 10 dan ortiq murojaatlar tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida joyida ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha tegishli tartibda choralar belgilab olindi.

Mazkur sayyor qabulda tuman Kengashi raisi Anvar Aralov hamda tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari — Buvsara Karabekova hamda Zafar Umurzakov ishtirok etdilar.

Xususan, Kengash raisi tomonidan ham fuqarolarning murojaatlari bevosita o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 10