Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga muvofiq, hududda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihalari doirasida kelib tushgan takliflar, ularning ijtimoiy ahamiyati, hududlar kesimida dolzarbligi, aholi manfaatlariga mosligi hamda ularni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi: 

yoshlar bandligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha va manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish; 

yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish; 

yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka yo‘naltirish mexanizmlarini takomillashtirish; 

“Tashabbusli byudjet” loyihalarining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini ta’minlash; 

aholi manfaatiga xizmat qiladigan, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ustuvor tartibda qo‘llab-quvvatlash. 

Yig‘ilish davomida mas’ul tashkilotlar hisobotlari eshitilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijro uchun mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi hamda ularning ijrosi doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Mazkur yig‘ilish hududni kompleks rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4