Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar: aholi muammolari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar: aholi muammolari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 3-Damariq saylov okrugi deputati Yoqubov Nodirjon Nazirulla o‘g‘li, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li, Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li hamda “Damariq” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda hududda keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida tashkil etildi. Jarayonda mahalla raisi Nazokat Tashpulatova, hokim yordamchisi Aziz Masharipov, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Kamola Djurayeva, xotin-qizlar faoli Gulchehra Ismailova, yoshlar yetakchisi Dilshod Rayimov hamda profilaktika inspektori Javohir Iskandarov faol ishtirok etdi.

Ishchi guruh tomonidan 24 ta tavsiya asosida hudud ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib chiqildi. Har bir xonadon bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, fuqarolarning turmush sharoiti, mavjud muammolari, ehtiyojlari hamda takliflari o‘rganildi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va ishsiz fuqarolar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida Abdulla Qahhor 6-tor ko‘chasi, 64-uyda istiqomat qiluvchi I guruh nogironligi mavjud fuqaro Dilbar Babajanovaning xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi. Suhbat jarayonida fuqaroga yaratilgan sharoitlar, kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolari o‘rganildi. Aniqlanishicha, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim tomonidan Dilbar Babajanova nogironlik aravachasi bilan ta’minlangan bo‘lib, bu uning harakatlanishida muhim qulaylik yaratgan.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan fuqarolarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishidagi dasturlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Hududlarda bu kabi manzilli o‘rganishlar tizimli ravishda davom ettirilib, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Slide 1 of 1