Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN SHAHAR FILIALIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN SHAHAR FILIALIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

Davlat kadastrlari palatasi Namangan shahar filialida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. 

O‘rganish jarayonida filialda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyatni oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari, targ‘ibot materiallari, banner va plakatlarning joylashtirilishi, o‘quv-seminarlar hamda targ‘ibot tadbirlarining tashkil etilganligi holati ko‘rib chiqildi. 

 Shuningdek, tashkilot faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, ishonch telefoni va murojaat kanallari faoliyati, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va onlayn xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi. 

O‘rganish davomida korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan ichki tartib-qoidalar, profilaktik chora-tadbirlar, xodimlarning Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasida malaka oshirish holati ham o‘rganildi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, korrupsiyaning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish hamda bu boradagi ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 9