Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
FARMON IJROSI – DEPUTAT NAZORATIDA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosiga asosan, Urganch shaharidagi 8 ta mahallalar hududidagi 9 ta xonadonni Urganch shahar hokimligining “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.  

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati R.Baltayev ishtirokida J.Manguberdi mahallasidagi qurilish va ta’mirlash dasturiga tushgan xonadonda yuqoridagi farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi. 

O‘rganish jarayoniga ushbu xonadonga biriktirilgan pudrat tashkiloti rahbari ham jalb etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Prezidentimizning Farmonlari orqali shahardagi 9 ta oilalarga ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash hamda har bir xonadonning turmush sharoitini yaxshilash va farovon hayot kechirishlari uchun ularga amaliy yordam berishdan iborat. 

Slide 1 of 4