DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB
🔹 Xalq deputatlari tuman
Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan tuman
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i X.Muminov
tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
🔹 Javobda qayd etilishicha,
fuqaroning kredit ajratilishi bo‘yicha murojaati ko‘rib chiqilib, unga imtiyozli
kredit olish tartib-taomillari atroflicha tushuntirilgan. Biroq, kredit foiz stavkasining yuqoriligi sababli
fuqaro tomonidan mazkur taklif rad etilgan.
🔹 Shuningdek, fuqaroning turmush o‘rtog‘ini ish bilan ta’minlash
maqsadida “Baxt tekstil” MChJga ishchi lavozimiga ishga joylashtirish bo‘yicha taklif
berilgan, ammo mazkur taklif ham fuqaro tomonidan qabul qilinmagan.
🔹 Mazkur holat yuzasidan mas’ul
idoralar tomonidan fuqaroga qo‘shimcha tushuntirishlar berilib, uni bandlikka jalb
etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.