Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Muborak tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi o‘rganildi

Muborak tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Muborak tuman Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🔺O‘rganish davomida bo'limda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, ularning oldini olishga qaratilgan ichki nazorat mexanizmlari, xizmat vazifalarini bajarishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi holatlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan ishlash jarayonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, davlat xizmatlari ko‘rsatishda inson omilini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

🔺Tadbirda xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Qurbonov, doimiy komissiya raisi P. Jalilov hamda O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Muborak tuman kengashi raisi Z. Rasilovalar ishtirok etib, o‘rganish jarayonida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

💠O‘rganish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, xizmatlar ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash hamda aholi ishonchini mustahkamlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3