Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Kengash faoliyati - Korrupsiyaga qarshi kurash

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda doimiy komissiya aʼzolari, kotibiyat mudiri, kotibiyat bosh mutaxassisi, tuman prokurori o‘rinbosari, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, tuman IIB хodimi, hamda “Madad” NNT Qibray tuman vakili ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muhim masalalar:

- tuman prokurorining 1-chorak bo’yicha axboroti;

- tuman adliya bo‘limining BUSh “Zvyozdochka” bo’yicha ma’lumoti va takliflari;

-tuman IIB ning 1-chorak bo’yicha hisoboti muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, “Madad” NNT Qibray tuman vakili S.Eshbakov tomonidan aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash va ularning yechimini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 7