Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
HAFTALIK ANONS
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining ushbu haftadagi ish faoliyati sharhi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani kotibiyati mudiri, deputat K.Mamanova tumandagi 15-umumta’lim maktabining qurilish obyektida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputat nazorati: Pilla – barqaror daromad va bandlik garovi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar bandligini ta’minlashda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish holati deputat tomonidan o'rganildi
XOTIN-QIZLAR MANFAATLARI VA IJTIMOIY HIMOYA

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 6 bandi (mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi) ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi deputati M.Jumaniyazova “Avesto” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faolining ish samaradorligi hamda mahalladagi yashovchi ayollarning ijtimoiy ahvolini o‘rgandi. 

Xususan o‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mahallada istiqomat qiluvchi ayollarning yashash sharoitlari, bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash holati va "ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash va ularga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak darajasi uzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, o‘rganish davomida xotin-qizlar faolining ish yuritish hujjatlari, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari tahlil qilindi. Deputat M.Jumaniyazova tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ayniqsa, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bor ayollarga manzilli yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 

Uchrashuv yakunida mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasida tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan mahalla faollariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovini yuborish orqali fuqarolar murojaatini amalfagi qonunchiliklar asosida ijobiy xal etishga erishishdan iborat.  

Slide 1 of 2