📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining 2025 yil 5 sentabrdagi III-19-99-14-203-K/25 -son qarorga muvofiq, “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2025 yil 2-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar moliyalashtirilgan.
🏗 Ushbu loyiha doirasida Go‘zal mahallasidagi 23-maktab hududida oshxona binosi qurish ishlari olib borilmoqda. Hozirda qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetgan bo‘lib, yaqin kunlarda ob’ektni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
🔍 Mazkur jarayonlar Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi 18-Olmos saylov okrugi deputati A.E. Sharipov tomonidan joyida o‘rganilib, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🗣 Aholi tashabbuslari asosida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar hududlar rivoji va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.