18-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat sifatida fuqarolarimiz murojaatlari doimo e’tiborimiz markazida.
Bo‘ston mahallasi markazidagi muhim muammo — Tadbirkorlar, Farovon va Bo‘ston ko‘chalari kesishmasidagi aylanma yo‘lda aniq yo‘l belgilari yo‘qligi masalasi ko‘tarildi.
⚠️ Ushbu hududda avtomobillar harakati tartibga solinmaganligi sabab:
haydovchilar uchun noaniqlik yuzaga kelmoqda
yo‘l-transport hodisalari xavfi ortmoqda
piyodalar xavfsizligi ham tahdid ostida qolmoqda
📩 Fuqarolar murojaatiga asosan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi. Unda:
✔️ qaysi yo‘l asosiy, qaysi biri ikkinchi darajali ekanini bildiruvchi belgilar o‘rnatish
✔️ harakat xavfsizligini ta’minlash
✔️ yo‘l infratuzilmasini tartibga keltirish talab qilindi
👉 Siz ham hududingizdagi muammolar bo‘yicha befarq bo‘lmang! Murojaat qiling — biz ularni hal qilish uchun ishlaymiz.