Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTALIK ANONS
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida uy-joy ta’miri bo‘yicha murojaatni o‘rgandi
янв.21
Deputat nazoratida: yangi maktab qurilishi diqqat markazida
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
Tasdiqlangan uchrashuvlar jadvali asosida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

📌 Tasdiqlangan uchrashuvlar jadvali asosida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Yakkasaroy tumanidagi Shohjahon nomli mahallada Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mirkasimov Djasur Alisherovich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi raisi hamda 17-Shohjahon saylov okrugi deputati Qoʻchqorov Shohrux Qudrat oʻgʻli boshchiligida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda “mahalla yettiligi” vakillari, tumandagi kommunal soha mas’ullari, hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida mahalladagi qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. 

Jumladan:

— hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish; 

— hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish; 

— aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati;

— hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;

— yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini tya’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish;

— yoshlarning bo‘sh vaqtlarida sportga jalb etish;

— nogironligi bo‘lgan yoshlarning bandligini ta’minlash;

— jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki avf etilgan shaxslarni jamiyatga vijtimoiy moslashtirishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda manzilli va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish;

— ijtimoiy reyestrda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib toifalarga ajratish;

— ichimlik suvi, issiq suv va elektr energiyasi ta’minoti;

— boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi;

— ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari, yerto‘lalar hamda atrofining tozaligi va yoritilishi;

— chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va maishiy chiqindilarni saralash tizimini yo‘lga qo‘yish;

— ko‘p qavatli uylar atrofida avtoturargohlar tashkil etish va tartibga solish;

— kanalizatsiya tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash va avariyaviy holatlarning oldini olish;

— ko‘cha va hovlilarda yomg‘ir suvlari oqimini tartibga solish (drenaj tizimini yaxshilash);

— energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish;

— investitsiya dasturini shakllantirish.

Shuningdek, uchrashuvda “mahalla yettiligi” vakillarining hisobotlari tinglanib, faoliyati baholandi.

Uchrashuvda shuningdek Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari A.Adashboyev, D.Abdullajonov, X.Axmedjanovalar ishtirok etdilar.

✅ Qabul davomida fuqarolar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Bu kabi ochiq muloqotlar hududlarda mavjud ijtimoiy va huquqiy masalalarni aniqlash hamda ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi

Slide 1 of 1