Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTALIK ANONS
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida uy-joy ta’miri bo‘yicha murojaatni o‘rgandi
янв.21
Deputat nazoratida: yangi maktab qurilishi diqqat markazida
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
#sayyor_qabul

#sayyor_qabul

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov hamda D. Raximovalarning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul saylovchilarning murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarini eshitish hamda tegishli choralarni ko‘rish maqsadida tashkil etilgan. Ushbu tadbir davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi, ayrim murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul jarayonidan keyin esa deputatlar tashabbusi bilan aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tibbiy ko‘rik bo‘lib o‘tdi. 

Tibbiy tadbirda sog‘liqni saqlash muassasasi xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning qon bosimi, qon tarkibi va umumiy jismoniy holati tekshirildi. Deputatlar tibbiy ko‘rik jarayonini bevosita kuzatib, fuqarolarning sog‘lig‘iga oid taklif va mulohazalarini o‘rganib chiqdi. Ushbu tadbir aholi o‘rtasida keng qabul qilindi va uni muntazam ravishda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5