Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish davomida kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son qarorining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan muhokama o'tkazildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Angor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish, ularning samaradorligini oshirish va ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish masalalari yuzasidan ham tegishli takliflar bildirildi. Yig‘ilish davomida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan asosli fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi. Muhokamalar jarayonida mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilish so‘ngida doimiy komissiya a'zolari tomonidan Ushbu masalalar navbatdagi sessiyasida muhokamaga kirishitish belgilandi.

Slide 1 of 1