Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining 2025-yil 29-dekabrgi “Shayxontohur tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi III-22-183-14-205-K/25-sonli qarori ijrosini taʻminlash maqsadida, chora-tadbirlarga asosan Kotibiyat mudiri N.Karimov mahalla fuqarolar yigʻini raisi hamda pudratchi tashkilot vakillari bilan koʻp qavatli uylarning liftlarini taʼmirlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi.

Oʻrganish jarayoni 2025-yilda oʻtkazilgan fuqarolar qabullarida “Katta Jarariq” mahalla fuqarolar yigʻini 15 va 2-uylarda liftlarni taʼmirlash va yangisiga almashtirish boʻyicha koʻtarilgan masalalarni belgilangan rejaga asosan ishlar amalga oshirilayotganlini maʼlum boʻldi. “Katta Jarariq” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 2-uyning 8-yoʻlak va 15-uyning 4-yoʻlaklaridagi liftlar yangisiga almashtirilgani hamda ichki va elektr qismlarida taʼmirlash ishlari tezda yakunlab, foydalanishga topshirish yuzasidan koʻrsatma berildi. 

Oʻrganish yakunida mahalla fuqarolar yigʻini raisi I.Sulaymonov tomonidan 18-uyning oldida bolalar maydonchasini taʼmirlash boʻyicha bildirilgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib oʻrganilib, ushbu masala yuzasidan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan tegishli mablagʻlar ajratilganligi va bugungi kunda loyihani tasdiqlash uchun pudratchi tashkilotlar tomonidan ishlar amalga oshirilayotgani haqida maʻlumot berildi.

Slide 1 of 1