Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTALIK ANONS
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida uy-joy ta’miri bo‘yicha murojaatni o‘rgandi
янв.21
Deputat nazoratida: yangi maktab qurilishi diqqat markazida
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
Qo‘shko‘pir tuman kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining navbatdagi VII chaqiriq 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi 

Sessiyada xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati, tuman hokimi Shuxrat Axmedov, tuman kengashi deputatlari hamda tegishli idora-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyani xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi raisi Maxmud Tangriberganov boshqarib bordi. 

Sessiya kun tartibida qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, tuman prokurori B.A.Matrasulov hamda IIB boshlig‘i A.K.Dusmetovning 2026-yil 1-chorak davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash, “Ochiq budjet” loyihasi doirasida g‘olib tashabbuslarni moliyalashtirish, mahalliy budjet qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda amaldagi qarorga o‘zgartirish kiritish masalalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 1